@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” umummilliy harakati va Moliya vazirligi O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

 2019-03-30 16:12:00   |     Просмотров: 2473

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari – xalqaro reyting va indeks masalalari bo’yicha mas‘ul Odilbek Isoqov bilan uchrashdi.

Tomonlar amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro mezon va me‘yorlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha yagona tizimni yaratishda samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Reyting va indeks tuzuvchi xalqaro tashkilot va ilmiy institutlar bilan aloqalarni o‘rnatish muhimligi ta‘kidlandi.

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan, subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etib boradi.

Uchrashuvda “Yuksalish” UMH mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonning asosiy xalqaro reytinglardagi o‘rnini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilayotgani ta‘kidlandi. Dastlabki natijalar umumlashtirilib, infografika shaklida jamoatchilikka taqdim etildi. Amalga oshirilayotgan ishlar natijalari va tegishli ma‘lumotlar “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida elon qilinadi.

Konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, milliy va xorijiy ekspertlar sa‘y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Jumladan, joriy yilning aprel oyida milliy va xorijiy ekspertlar, vazirlik va idoralar, xalqaro va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirokida “davra suhbati” tashkil etishga kelishib olindi. 

Ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik rivojlangan mamlakatlarning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda xalqaro reytinglar metodologiyasini O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha umumiy chora-tadbirlar va loyihalar ishlab chiqishga imkon beradi.