@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi

 2020-01-09 15:07:00   |     Просмотров: 4072

“Yuksalish” harakati quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni qabul qiladi:

Vakansiyalar:

  • Bo‘lim boshlig‘i

  • Loyiha menejeri

  • Referent

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy ma’lumot;

  • Kamida uch yillik ish staji (huquqshunoslik, fuqarolik jamiyati yo‘nalishidagi tajriba olqishlanadi);

  • Davlat va rus tillarini bilish (xorijiy tillarni bilish olqishlanadi);

  • Mas’uliyatlilik, ishga bo‘lgan ijobiy munosabat, katta ma’lumotlar oqimi bilan ishlash ko‘nikmasi (tahlil va umumlashtirish), stressga bardoshlilik, yetakchilik qobiliyatlari;

  • To‘liq ish vaqti.

Vazifalar:

  • Harakatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, takliflar ishlab chiqish;

  • Bo‘lim faoliyatini, shu jumladan loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirish;

  • Turli murakkablikdagi loyihalarni amalga oshirish va jarayonni nazorat qilish, nizolarni hal qilish;

  • Jalb qilinuvchi ekspertlar va soha mutaxassislari bilan ishlash, hamkor tashkilotlar bilan aloqalarni olib borish;

  • Loyiha hamda bo‘lim faoliyatiga oid oraliq va yakuniy hisobotlar tayyorlash.

Kontakt ma’lumotlari:
Tel.: +99871-239-33-23, +99871-239-33-26

Ma’lumotnomalarni Harakatning elektron manziliga yuborish so‘raladi: info@yumh.uz (mavzu qatorida “Bo‘sh ish o‘rinlari uchun” deb ko‘rsatilishi lozim).

Manzil: Toshkent shahri, Sh.Rashidova ko‘chasi, 16-uy (“Poytaxt” biznes markazi, 5-qavat, “Yuksalish” UMH ofisi).