@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

O'zbekistonda qurilish sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?

 2019-11-28 15:07:00   |     Просмотров: 2350

"Yuksalish" harakati shu kunlarda Kapital qurilish sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda tadqiqotlar o‘tkazmoqda.

Xususan, joylarda joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan, haqiqatda qurib bitkazilgan uylar, shu jumladan ko‘p qavatli va fuqarolarning alohida toifalari uchun qurilgan arzon uy-joylar soni, unga ko‘chib kirgan aholi soni, ularning taqsimlanishi, qurilish materiallarining sifati, korrupsiya xavfini keltirib chiqaruvchi omillar va boshqa qator masalalar o‘rganilmoqda.

Shuningdek, hududiy vakillarimiz tomonidan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 171-bandi doirasida yil davomida arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirilishi, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanish choralari ko‘rish kabi vazifalarning bajarilish holatlari monitoring qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, “Yuksalish” harakati qurilish sohasida korrupsiyaning holati yuzasidan aholining fikrini o‘rganish maqsadida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazmoqda. Sizdan mazkur so‘rovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!

So‘rovnoma: https://t.me/fikruzb/45