@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” milliy aksiyasi natijalari

 2019-12-16 18:00:00   |     Просмотров: 2421

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun o‘tkaziladigan saylovlarda fuqarolarning faolligini oshirish maqsadida joriy yilning 14 dekabr kuni respublika bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” milliy aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiya doirasidagi tadbirlar shahar va tuman markazlaridagi ochiq maydonlarda, amfiteatr, sport majmualari, aholi gavjum xiyobonlar hamda yopiq inshootlarda o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida aksiya “Toshkent City” ishbilarmonlik markazi hududida, Surxondaryo viloyatida Denov tumani markaziy o‘yingohda, Urganch shahrida Xorazm viloyati musiqali drama teatri binosi oldida va yana boshqa o‘nlab tuman va shaharlarda yuqori saviyada tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” milliy aksiyasida, ayniqsa hududlarda tashkil etilgan tadbirlarda, hurmatga sazovor insonlar, sportchilar, el suygan san’atkorlar ishtirok etib, barchani saylov kuni faol bo‘lishga – munosib nomzodga ovoz berishga chorladilar. Shuningdek, fuqarolarga bu yilgi saylovlarga kiritilgan o‘zgarishlar, ovoz berish jarayonlari haqida foydali ma’lumotlar berildi hamda mavzuga oid savol-javob shaklidagi viktorinalar o‘tkazildi.

Milliy aksiyada respublika bo‘yicha jami 270 mingga yaqin ortiq aholi ishtirok etdi. Barcha jarayonlar markaziy telekanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilib borildi hamda kechki axborot dasturlarida batafsil yoritildi.

Aksiya 15 dekabr kuni Toshkent shahrining “Xalqlar do‘stligi” maydoni hamda Oloy bozori avtoturargohi hududida ham davom ettirildi.

 

                                                                                                                                                                                                                           “Yuksalish” harakati matbuot xizmati