@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq mintaqaviy vakili doktor Tomas Kuntsega “Fahriy fuqaro” maqomi berildi

 2019-11-22 13:26:00   |     Просмотров: 3613

Bugun, 22 noyabr kuni Toshkent shahar hokimligida Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq mintaqaviy vakili doktor Tomas Kuntsega Toshkent shahrining faxriy fuqorosi maqomi guvohnomasi topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: “Faxriy fuqaro” maqomi — chet ell fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xayriya (metsenatlik) faoliyatini amalga oshirganligini rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Maqom O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.

Bunday maqomning berilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Unda Toshkent shahri hokimligi rahbarligi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi a’zolari, “Yuksalish” umummilliy harakati, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Jumladan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasidagi hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti janob Frank-Valter Shtaynmayerning yurtimizga amalga oshirgan rasmiy tashriflari ikki davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Shuningdek, bugungi kunda Toshkent va Berlin shaharlarining o‘rtasida qardoshlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bu esa xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shayotganini aytib o‘tildi.

O‘z navbatida, doktor Tomas Kuntse taqdirlash marosimida so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar taqdirga sazovor ekanligini aytib o‘tdi. Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma kelgusida ham ushbu ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha sobiq mintaqaviy vakili doktor Tomas Kuntsega Toshkent shahrining faxriy unvonini berish tashabbusi “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan bildirildi. O‘tgan vaqt davomida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolangan bo‘lib, uning doirasida OAV vakillari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida treninglar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan ekspertlik uchrashuvlari o‘tkazib kelinmoqda.

       

                                                                                                                                                                                                                     “Yuksalish” harakati matbuot xizmati.