@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Yuksalish harakati va Shveytsariyaning ''Peace Nexus'' jamg‘armasi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish niyatida

 2019-03-26 14:12:00   |     Просмотров: 3604

Joriy yilning 26-martkuni “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov Shveytsariyaning“Peace Nexus”jamg’armasiningMarkaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy maslahatchisi Chinara Esengul bilan uchrashdi.

Ma'lumot uchun: “Peace Nexus” jamg’armasi 2009-yilda tashkil topgan. Tadqiqot va konsalting faoliyati bilan shug'ullanadi, biznes doiralari, fuqarolik jamiyati institutlari va mintaqaviy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashadi. Jamg’arma BMT bilan faol hamkorlik qiladi.

Tomonlar o’zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar. Bu fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, biznes vakillari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’rnatish, yoshlar bilan ishlashdir.

Uchrashuv davomida A.Burxonov mehmonlarga “Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy maqsad va vazifalari, faoliyat yo’nalishlari haqida ma’lumot berdi. Harakat islohotlar jarayonlariga biznes va akademik doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilik vakillarini faol jalb qilish orqali mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g’oyalarni ishlab chiqish va ilgari surish uchun o’ziga xos maydon bo’lishi ta’kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda qamrov hududini kengaytirish maqsadida “Yuksalish” UMHning hududiy bo’linmalari tashkil etilayotganligi haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida Shveytsariya jamg’armasi vakillari fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, biznes doiralar bilan muloqotni yo’lga qo'yish va yoshlar tashabbuslarini hayotga tadbiq etishga qaratilgan loyihalarni qo’llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar. Ularning fikricha, tashkilotlar o’rtasidagi avvalgi ijobiy tajriba kelgusi samarali hamkorlik uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Eslatib o’tamiz, o’tgan yili Shveytsariyaning “Peace Nexus” jamg’armasi bilan hamkorlikda O’zbekistondagi erkin iqtisodiy zonalarning samarali ishlashini ta'minlash va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan loyiha amalga oshirilgan edi. Uning doirasida ekspertlar tomonidan respublikada faoliyat yuritayotgan EIZ ishi va ulardagi mavjud muammolar o’rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra, 2018-yilning 21-dekabr kuni “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.