@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

Keyingi subhududiy muloqot gender tengligini ta’minlash bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

 2019-09-25 16:12:00   |     Просмотров: 2475

«Yuksalish» harakati vakillari Qirg‘iziston poytaxti — Bishkekda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo fuqarolik aktivistlari «Transformatsiyalar davrida yetakchilik» nomli dialogida ishtirok etdilar. Ushbu tadbir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni qamrab olgan bo‘lib, joriy muammolarni baholash, gender tengligiga erishish va ayollar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish sohasidagi erishilgan yutuqlarni muhokama qilish uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Subhududiy uchrashuv Pekin deklaratsiyasi va harakatlar platformasini 2030 yilgacha bo‘lgan kun tartibiga muvofiq amalga oshirish bo‘yicha hukumatlararo mintaqaviy progressni ko‘rib chiqish tayyorgarliklari doirasida tashkil etildi. Uning maqsadi — gender tengligiga erishish va Markaziy Osiyo davlatlarida ayollar huquqlari hamda imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan milliy majburiyatlarni tezroq amalga oshirish uchun yangi yondashuvlarni birgalikda aniqlash va dialog imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Tez o‘zgarayotgan realiklik mintaqa davlatlari oldida yangi chaqiriqlar va rivojlanish paradigmalari qo‘ymoqda, ilm-fan va texnik taraqqiyotni tezlashtirish sharoitida moslashuvchanlikni oshirish, malaka va ko‘nikmalarni egallash zaruriyati yuzaga kelmoqda. Axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlar keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Ish jarayonida kichik guruhlarda Markaziy Osiyo davlatlarining zamonaviy kontekstida fuqarolik aktivistlarining rivojlanish jarayonlaridagi o‘rni va roli, gender tengligiga erishishda fuqarolik jamiyati ta’siri va ishtiroki, hamkorlik, fuqarolik jamiyati ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar, milliy va mintaqaviy darajadagi navbatdagi qadamlar muhokama qilindi.

Markaziy Osiyo davlatlari uchun gender tengligi masalalari bo‘yicha axborot-metodologik markaz tashkil etish, gender tengligiga erishish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha hukumatlar va fuqarolik jamiyati hamkorligiga yangi yondashuvlar orqali doimiy dialog tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu hamkorlik «Pekin+25» mintaqaviy va global konsultatsiyalarida aks etishi maqsadida qo‘shma harakatlar rejalashtirildi.

Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, tajriba, fikr va strategiyalarni almashish axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlardan amaliy foydalanishni boyitadi, shu orqali fuqarolik aktivistlarining ovozi eshitilishi va ta’siri oshirilishiga yordam beradi.

Kelasi yili bunday subhududiy dialogni Toshkentda o‘tkazish taklif etildi.

   

                                                                                                                                                                                                                                «Yuksalish» harakati matbuot xizmati.