@uzbyuksalish

Telegram

@uzbyuksalish

A`ZO BO`LISH

“Yuksalish” harakati va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 2019-08-29 11:42:00   |     Просмотров: 3641

28-avgust kuni “Yuksalish” harakati ofisida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotlar o‘rtasida boshlangan hamkorlikni yanada jadallashtirish, istiqbolda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Uchrashuvda “Yuksalish” harakati raisi Akmal Burxanov mahalliy va xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda ushbu yo‘nalishda boshlangan qator loyihalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti bilan o‘zbek mahallalari tajribasini o‘rganish, Yaponiyaning “Clone Cultural Properties” innovatsion markazi ekspertlari bilan o‘zbek madaniy boyliklarini 3D-klonlashtirish texnologiyalari asosida 2021 yilda Luvrda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada namoyish etilishi bo‘yicha muzokalar o‘tkazilgani haqida aytib o‘tdi. 


Harakat raisi tomonidan, shuningdek o‘zbek tilini yanada ommalashtirish, buning uchun turli ijtimoiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlangani hamda ushbu yo‘nalishda ham ishlar boshlab yubrilgani ta’kidlandi.


Tashkilot rahbarlari fikriga ko‘ra, imzolangan hamkorlik memorandumi ikki tomon sa’y-harakatlarini birlashtirish, boshlangan loyihalarni yanada jadallashtirish, kelgusida yangi tashabbuslarni hayotga tadbiq etishga xizmat qiladi.


Fursatdan foydalanib, “Yuksalish” umummilliy harakati barcha vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, shu jumladan siyosiy partiyalar bilan hamkorlikka tayyorligini bildiradi. Bu ayniqsa, shu yilning dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarga tayyorgarlik fonida o‘ta dolzarb hisoblanadi.